XIV–XV asrlarda Xorazm vohasi shaharlari va karvon yo‘llarining arxeologik tarixshunosligi

Authors

  • Jumaniyozov Doniyor Xudoyorovich Urganch Innovatsion universiteti Ijtimoiy-gumanitar va tillar kafedrasi o‘qituvchisi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Xorazm, arxeologik tarixshunoslik, Urganch, Mizdahqon, Xiva, Ustyurt, karvon yo‘llari, numizmatika.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tadqiqotda XIV–XV asrlarda Xorazm vohasi shaharlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda mintaqalararo savdo yo‘llaridagi o‘rnining arxeologik tarixshunosligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xorazm hududida olib borilgan dastlabki arxeologik izlanishlardan boshlab, Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi faoliyati va keyingi mahalliy arxeologik maktabning shakllanishigacha bo‘lgan ilmiy izlanishlar bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi. Urganch, Mizdahqon, Xiva, Katqal’a, Janpiqqal’a, Vayangon va boshqa shahar xarobalarida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar hamda Ustyurt hududidagi karvonsaroylar tadqiqoti asosida XIV–XV asrlarda Xorazmning savdo-iqtisodiy tizimdagi mavqeyi yoritiladi.

Shuningdek, numizmatik topilmalar, xususan, Xivadan aniqlangan tangalar xazinasi asosida Temuriylar davrida savdo va pul-muomala munosabatlarining davomiyligi tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari Xorazm shaharlari siyosiy beqarorlik va harbiy to‘qnashuvlarga qaramay, Yevroosiyo savdo aloqalarining muhim hududiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib qolganligini ko‘rsatadi.

References

1.Якубовский А.Ю. Городище Миздаккан // ЗКВ. Т. V. – Л., 1930. – С. 551–591; Развалины Ургенча. – Л., 1930.

2.Voyevodsky M. A Summary Report of a Khwarizm Expedition // BAJIAA. – 1938. – № 3.

3.Толстов С.П. Древний Хорезм. – М., 1948; По следам древнехорезмийской цивилизации. – М.–Л., 1948.

4.Вактурская Н.Н. Раскопки городища Ургенч в 1952 г. // ТХАЭЭ. Т. II. – М., 1958; Вишневская О.А. Археологические разведки на средневековых поселениях левобережного Хорезма // МХЭ. Вып. 7. – М., 1963.

5.Ягодин В.Н., Ходжайов Т.К. Некрополь древнего Миздахкана. – Т.: Фан, 1970; Манылов Ю.П., Кдырниязов М. Городище Джанпик-кала // Археология Приаралья. Вып. 2. – Т.: Фан, 1984.

6.Мамбетуллаев М.М. Археологические исследования в Хиве. – Нукус, 1991.

7.Бижанов Е. Археологические памятники юго-восточного Устюрта: Автореф. дис. канд. ист. наук. – Нукус, 1967; Ягодин В.П. Археологические исследования на Устюрте. – Т., 1985.

8.Юсупов Ш. Амир Темур ва темурийлар даврида Хоразмда ижтимоий-иқтисодий жараёнлар (XIV–XV асрлар): Тарих фан. номз. дисс. – Тошкент, 2004.

Downloads

Published

2026-10-02

How to Cite

XIV–XV asrlarda Xorazm vohasi shaharlari va karvon yo‘llarining arxeologik tarixshunosligi. (2026). "Ta’lim, Siyosat Va Iqtisod: Zamonaviy Tendensiyalar Va Istiqbollar" Konferensiyasi, 1(1), 82-85. https://tafakkurconference.uz/index.php/tsi/article/view/676