Tijorat banklarida repo operatsiyalarini rivojlantirish va qimmatli qog‘ozlar portfeli likvidliligini oshirish yo‘llari
Keywords:
Kalit so`zlar: REPO operatsiyasi qimmatli qog‘ozlarni muayyan muddatdan keyin oldindan kelishilgan narxda qayta sotib olish sharti bilan sotish bitimidir. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, mazkur operatsiya qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan qisqa muddatli moliyalashtirish vositasi hisoblanadi. REPO bankka qimmatli qog‘ozlarni yakuniy sotmasdan turib likvid mablag‘ jalb qilish, teskari REPO esa vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qisqa muddatga daromadli joylashtirish imkonini beradi.Abstract
Annotatsiya. Tijorat banklari likvidliligini ta’minlash ularning mijozlar oldidagi to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi, moliyaviy barqarorligini saqlashi va iqtisodiy faollikni uzluksiz moliyalashtirishi uchun muhimdir. Bank aktivlarining katta qismi uzoq muddatli va past likvidli kreditlarda joylashtirilgan sharoitda qimmatli qog‘ozlar portfeli tezkor likvidlik manbai vazifasini bajaradi. Ayniqsa, davlat qimmatli qog‘ozlari va Markaziy bank obligatsiyalari ikkilamchi bozorda sotilishi yoki REPO bitimlarida ta’minot sifatida qo‘llanilishi mumkinligi bilan ajralib turadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1829-sonli “Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2709-sonli “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomi.
4. Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: A Global Regulatory Framework for More Resilient Banks and Banking Systems. Basel, 2010.
5. Berdiyarov B.T. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlash masalalari. DSc avtoreferati. Toshkent, 2020.
6. Gadoev S.J. Tijorat banklarida likvidlilik riskini boshqarishni takomillashtirish. PhD avtoreferati. Toshkent, 2020.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zmilliybank rasmiy ma’lumotlari // www.cbu.uz; www.nbu.uz.