Adliya organlari huquqiy maqomini takomillashtirishda “huquqiy ta’sirchanlik” mezonining nazariy-huquqiy ahamiyati

Authors
  • Shoyimqulov Oybek

    Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

    Author

Keywords:
adliya organlari, huquqiy maqom, huquqiy ta’sirchanlik, vakolat, funksiya, kompetensiya, huquqiy monitoring, huquqiy ekspertiza, davlat boshqaruvi, huquqiy servis, qonun ustuvorligi.
Abstract

 Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida adliya organlarining huquqiy maqomini nazariy-huquqiy jihatdan takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Unda adliya organlari maqomini faqat vazifa va funksiyalar majmui sifatida emas, balki davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni, normativ-huquqiy tartibga solish sifatiga ta’siri, huquqiy ekspertiza, huquqiy monitoring, metodik rahbarlik va huquqiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq kompleks institut sifatida baholash zarurligi asoslanadi. Tadqiqotda adliya organlarining huquqiy maqomini belgilashda “huquqiy ta’sirchanlik” mezoni alohida ilmiy kategoriya sifatida ilgari suriladi. Ushbu mezon adliya organlari tomonidan beriladigan taqdimnoma, ogohlantirish, metodik ko‘rsatma, huquqiy ekspertiza xulosasi va monitoring natijalarining real huquqiy oqibat keltirib chiqarish darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, tezisda adliya organlari faoliyatining an’anaviy nazorat modelidan huquqiy muammolarni oldindan aniqlovchi, tahlil qiluvchi va bartaraf etishga ko‘maklashuvchi “huquqiy servis instituti” modeliga bosqichma-bosqich o‘tishi zarurligi asoslab beriladi.

References

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/3681790

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-6937312

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/doc-passport/-5914998

Cover Image
Downloads
Published
2026-05-05
Section
Articles

How to Cite

Adliya organlari huquqiy maqomini takomillashtirishda “huquqiy ta’sirchanlik” mezonining nazariy-huquqiy ahamiyati. (2026). Ilm -Fan Taraqqiyoti Respublika Ilmiy Konferensiyasi, 2(2), 47-50. https://doi.org/10.5281/zenodo.20033904

Similar Articles

1-10 of 339

You may also start an advanced similarity search for this article.